Balogun «Monako» safida maydonga qaytishga yaqin
L’Equipe xabariga ko‘ra, Folarin Balogun «Monako» safida maydonga qaytishga yaqin turibdi va kelasi hafta oxirida «Lans»ga qarshi Liga 1 uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin.
AQSH terma jamoasi hujumchisi jahon chempionati vaqtida yuzaga kelgan tizza og‘rig‘i sabab joriy mavsumda hali «Monako» safida maydonga tushmadi.
Shuningdek, yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida Balogunning «Everton»ga o‘tishi ham amalga oshmay qolgan edi.
Filipe Luis boshchiligidagi «Monako» bu shanba kuni «Strasbur»ga qarshi o‘ynaydi. Jamoa ayni paytda ketma-ket uchta g‘alabadan so‘ng Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ular orasida o‘tgan hafta amaldagi chempion «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alaba ham bor.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0