“Atletiko” “Tottenxem”dan Romeroni sotib olishga yaqin
Tahririyat
•
•
5
Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
28 yoshli argentinalik futbolchi madridliklar safiga oʻtishga rozilik bergan. Klublar oʻrtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi.
Shuningdek, Romeroni sotib olishga “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda, biroq “Tottenxem” oʻz oʻyinchisini “kanonirlar”ga sotishni xohlamayapti. Futbolchiga “Barselona” ham xaridor boʻlib turgandi, ammo kataloniyaliklar ayni vaqtda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining transferi ustida ish olib bormoqda.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0