Argentina – Shveysariya uchrashuvini Joau Pinyeyru boshqaradi
Tahririyat
•
•
5
FIFA 2026 yilgi jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Argentina – Shveysariya bahsi uchun hakamlar brigadasini e’lon qildi.
Bu bellashuvda bosh hakami portugaliyalik Joau Pinyeyru bo‘ladi. VAR tizimida ham portugaliyalik mutaxassislar — Brunu Jezush va Lusianu Mayya faoliyat olib boradi.
Hakam yordamchisi sifatida kanadalik Dryu Fisher, zaxira yordamchi hakam esa uning yurtdoshi Maykl Barvegen ishlaydi.
Shuningdek, FIFA Norvegiya – Angliya o‘rtasidagi chorak final bahsiga fransiyalik mashhur hakam Kleman Tyurpen tayinlanganini ham ma’lum qildi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0