Fidbol.net

Andrea Belotti faoliyatini B Seriyada davom ettiradi

Tahririyat 18
Andrea Belotti faoliyatini B Seriyada davom ettiradi

Italiyalik taniqli hujumchi Andrea Belotti B Seriyada ishtirok etadigan «Modena» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

32 yoshli futbolchi yangi klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan va jamoaga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Bu haqda «Tuttosport» xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar bir mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Belotti bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng uning transferi rasman e’lon qilinadi.

Belottining so‘nggi klubi «Kalyari» bo‘lgan. U o‘tgan mavsumda jamoa safida bor-yo‘g‘i sakkizta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi sentyabr oyida oldingi xochsimon paylarini uzib olgani sababli uzoq muddat safdan chiqqan edi.

«Kalyari» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng Belotti erkin agent maqomini oldi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring