“Al Ittihod” uch mavsumdan soʻng Fabino bilan xayrlashdi
“U yulduz sifatida kelib, kamtarligini saqlab qoldi, jamoani ishonch bilan oldinga boshlab bordi va klubni chin dildan sevib qolgan inson sifatida ketdi”, – deyiladi “Al Ittihod” murojaatida.
Jidda klubi braziliyalik futbolchining mehnatga boʻlgan munosabati va jamoadoshlariga koʻrsatgan ta'sirini alohida e'tirof etdi. Yarim himoyachi maydonda va undan tashqarida professionallik namunasi deb ataldi. Klub, shuningdek, Fabino jamoaning buyuk gʻalabalari davrida sardorlik bogʻichini taqib tushganini eslatib oʻtdi.
Oʻz navbatida, braziliyalik futbolchi muxlislarga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi va jamoa sharafini faxr bilan himoya qilganini ta'kidladi.
Fabino Saudiya Arabistoni klubiga 2023 yilning yozida “Liverpul”dan oʻtgandi. U 2024/25 yilgi mavsumda jamoa bilan birga Saudiya Arabistoni chempionati va Qirol Kubogini qoʻlga kiritdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0