Fidbol.net

Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahda “Manchester Siti” “Inter”ga yutqazdi

Tahririyat 3
Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahda “Manchester Siti” “Inter”ga yutqazdi

Angliya vitse-chempioni “Manchester Siti” hamda Italiya chempioni “Inter” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Gonkongdagi “Kay Tak” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan penaltilar seriyasida esa “Inter”ning qo‘li baland keldi — 3:1. Abduqodir penaltidan gol ura olmadi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida ingliz jamoasi hujumchisi Diven Mubama hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada milanliklar himoyachisi Benjamen Pavar muvozanatni tikladi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda “Manchester Siti” safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinni to‘liq, almashtirishlarsiz o‘tkazdi. Uchrashuv davomida sariq kartochka bilan jazolangan Husanovning harakatlari Sofascore portali tomonidan 6.6 ballga baholandi.

Ma’lumot o‘rnida, yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra “Manchester Siti” Angliya chempionatida 78 ochko to‘plab, peshqadam “Arsenal”dan (85 ochko) so‘ng ikkinchi o‘rinni band etgan edi. “Inter” esa 87 ochko jamg‘arib, Italiya A Seriyasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring