Fidbol.net

Zayniddin Tojiev: "Yakkakurashlarda yutqazib, texnik xatolik evaziga gol oʻtkazdik"

Tahririyat 3
Zayniddin Tojiev: "Yakkakurashlarda yutqazib, texnik xatolik evaziga gol oʻtkazdik"

- Kurashlarga boy oʻyin boʻlishini kutgandik. Yana oʻsha yakkakurashlarda yutqazib, texnik xatolik evaziga gol oʻtkazdik. Qizil kartochka ham oldik. Gol boʻlgan vaziyatda uch kishi boʻlib, qutqarsa boʻlardi. Qanotda raqib ikki kishini bemalol aldab, toʻpni uzatib bermoqda. Baribir bu ham kontsentratsiyaga bogʻliq. Ayrim jabhalarda yigitlar yoshlik qilib qoʻyishmoqda, koʻzi yonmayapti. Shunday boʻlishi uchun ular bilan ishlayapmiz, mehnat qilyapmiz, gaplashyapmiz. Lekin baribir birinchi oʻyinda zoʻr oʻynashadi, keyingisida tashlab yuborishadi. Izlanyapmiz va buning ham echimini topamiz. "FardU" jamoasini gʻalaba bilan tabriklayman.

1000147127.jpeg

- Bugun maydon chetida kam koʻrsatmalar berib turdingiz. Bu odatiy holatmidi?

- Ha, shunday. Oʻyinga bir hafta mashgʻulotlar davomida tayyorlanib boramiz. Oʻsha mashgʻulotdagi narsalarni ular oʻyinga olib chiqib berishlari kerak. Oʻshanda biz barcha narsalarni koʻrsatamiz. Maydon chetida turib olib, baqirgandan befoyda. Men shunday deb hisoblayman. Oʻyinga tayyorlanish jarayonida yigitlarni qoʻlidan etaklab ham yuramiz. Buni tushunadigani bor, tushunmaydigani ham. Texnik xatolarni taxlil qilib chiqamiz. Maydon chetida turib baqirsangiz, futbolchi Sizning 50 foiz gaplaringizni eshitmaydi, chunki u oʻyinga kirib ketgan boʻladi. Shu sababli taymlar oʻrtasida tanaffus bor va oʻsha erda barchasi gapiriladi. Shunisi toʻgʻri deb oʻylayman.

- "Gʻazalkent" ikkinchi boʻlimda tempni oshirardi, jismoniy jihatdan barcha raqiblaridan ustunlik qilardi. Oʻzingiz aytganingizdek, bugun ikkinchi boʻlimda jamoaning koʻzi yonmadi. Zaxiradan tushganlarning birortasi oʻyinni kuchaytirmadi. Zaxiradan tushgan ikki futbolchining biri tezda sariq kartochka oldi, ikkinchisi qayta almashtirildi. Bunga nima sabab boʻldi?

- Zaxiradan tushib, oʻyinga qoʻshilib ketish bilan bogʻliq. Sadirjonov asosiy tarkibda oʻynasa, sustroq boʻlib qoladi. Ikkinchi boʻlimda tushsa, oʻyinni kuchaytiradi. Biz 5-10 daqiqa koʻpaytirib, unga imkoniyat berdik. Bugun ularning ikkalasi ham oʻyinga moslasha olishmadi. Bir tomondan qizil olganimiz ham bunga sabab boʻldi. Bir kishi kam boʻlib qolganidan keyin kontsentratsiya tushadi. Barcha kurashishiga toʻgʻri keladi. Bir kishi hujumga oʻtsa, himoyada kamchilik boʻlib qolyapmiz. Shu sababli bu ham oʻz asoratini beradi. Yigitlar yoshlik qilishdi va oʻyinga mos boʻla olishmadi. Bu hammada boʻladigan holat. Sadirjonovda bunday boʻlishini kutmagandik. U orqali oʻng qanot hujumini kuchaytirmoqchi edik. Bu oʻzi uchun ham, biz uchun ham tajriba.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring