Superliga. "Neftchi" oʻz maydonida "Soʻgʻdiyona"ni yirik hisobda magʻlub etdi
"Neftchi" - "Soʻgʻdiyona" 3:0 TUGADI
23 avgust, 19:00
Bosh hakam: Gʻayrat Joʻraev
Qanot hakamlari: Maksim Nexochin, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Alisher Toʻxtasinov
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakamlari: Ilgiz Tantashev, Husan Xudoyberdiev (AVAR)
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: Zoran Marushich 23, 58, Stipe Peritsa 90+9
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 15. Nurmuhammad Abdugʻaniev, 52. Koffi Kuao (2. Izzatillo Poʻlatov,75), 4. Boyan Tsiger (34. Farruh Sayfiev,87) 6. Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 11. Asilbek Jumaev ( 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 69), 71. Bilolxon Toshmirzaev (14. Xurshid Gʻiyosov,69), 8. Vladimir Yovovich, 5. Ikrom Aliboev, 22. Alisher Odilov, 32. Zoran Marushich (18. Stipe Peritsa, 87)
Zaxira: 45. Akbar Toʻraev, 30. Rustambek Fomin, 29. Yahyoxon Isaqov, 50. Fayzullo Nurmuhammadov,
"Soʻgʻdiyona": 1. Milan Mitrovich, 2. Zoir Joʻraboev, 22. Abdulazizxon Abdurashidov (33. Shohjahon Sultonmurodov, 46), 3. Islom Qobilov, 4. Behruz Jumatov, 8. Jamshid Boltaboev (9. Zenan Zaymovich, 65), 10. Javohir Qahramonov, 17. Ollabergan Karimov, 32. Nodirjon Soyibov, 19. Zabihillo Oʻrinboev (21. Saidakbar Sharipov, 68), 14. Lyupcho Doriev
Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 6. Behruzbek Asqarov, 7. Petar Michin, 15. Xondamir Mustafoqulov, 20. Fazliddin Omonkeldiev, 77. Oybek Nurmatov
Ogohlantirish: Boyan Tsiger (“Neftchi”) 34, Abdulazizxon Abdurashidov (“Soʻgʻdiyona”) 37
Uchrashuv yakunlandi.
90+9. GOL. Stipe Peritsa oʻyinda yakuniy nuqtani qoʻydi, 3:0. Odilov qarshi hujumda qochdi va darvozaga zarba yoʻlladi. Ustundan qaytgan toʻpni Peritsa darvozaga kiritib yubordi.
90. Ikkinchi boʻlimga 8 daqiqa qoʻshib berildi.
87. OʻZGARISh. “Neftchi”, Tsiger oʻrniga Sayfiev, Marushich oʻrniga Peritsa tushdi.
84. Ibrohimhalil Yoʻldoshevga tibbiy yordam koʻrsatildi.
75. OʻZGARISh. “Neftchi”, Koffi Kuao oʻrniga Izzatilla Poʻlatov tushdi.
69. OʻZGARISh. “Neftchi”, Bilolxon Toshmirzaev oʻrniga Xurshid Gʻiyosov, Asilbek Jumaev oʻrniga Muhsin Ubaydullaev tushdi.
68. ChETLATISh. Shoxjahon Sultonmurodov, “Soʻgʻdiyona”!
65. OʻZGARISh. “Soʻgʻdiyona”, Jamshid Boltaboev oʻrniga Zenan Zaymovich tushdi.
60. GOL. Gʻayrat Joʻraev golni inobatga oldi. Marushichdan dubl.
58. Hakam VAR monitorida vaziyatni koʻrmoqda.
56. Zoran Marushich gol urgandi lekin Gʻayrat Joʻraev oʻyindan tashqari holat qayd etdi. Zarba berilganida Odilov raqib posbonini toʻsib qolgan deyilmoqda.
49. Yana Milan Mitrovich. Bu safar burchak uzatmasidan soʻng zarbani bartaraf etdi.
48. Milan Mitrovich juda murakkab zarbani qaytardi. Serbiyalik kiperdan navbatdagi seyv. Nurmuhammad Abdugʻaniev jarima maydonchasi ichida zarba amalga oshirgandi.
46. “Neftchi”ning goli inobatga olinmadi. Toshmirzaev oʻyindan tashqari holatda qolgan edi.
Ikkinchi boʻlim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
42. “Soʻgʻdiyona”ning goli oʻyindan tashqari holat sabab bekor qilindi.
42. ZARBA. Javohir Qahramonovdan ajoyib zarba. Botirali Ergashevdan undan qolishmaydigan zarba.
39. ZARBA. Yovovich qarshi hujumni zarbaga aylantirdi. Mitrovichdan seyv.
37. OGOHLANTIRISh. Abdulazizxon Abdurashidov, “Soʻgʻdiyona”
36. “Neftchi” qanotlarda ancha faol.
34. OGOHLANTIRISh. Boyan Tsiger, “Neftchi”
30. Boltaboevning uzatmasiga Abdurashidov etib kela olmadi.
24. GOL. Uchrashuvda hisob ochildi. “Neftchi”ning ketma-ket hujumlari oxiri gol bilan yakunlandi. Zoran Marushich “Neftchi”ning oʻyindagi birinchi goliga mualliflik qildi, 1:0.
15. Oxirgi 5 daqiqalikda ustunlik maydon egalari tomonida.
14. Yana mezbonlardan tezkor hujum. Odilovning zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.
12. ZARBA. Ibrohimhalil Yoʻldoshevning zarbasini Mitrovich qaytardi, keyingi zarba Koffiga tegishli boʻldi ammo noaniq.
2. ZARBA. “Soʻgʻdiyona” jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan soʻng Alisher Odilov zarba yoʻlladi. Xavfli lekin noaniq.
Oʻyinnga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib keldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0