Fidbol.net

"Sevinch" ayollar jamoasi 100 foizlik natija bilan Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yoʻl oldi

Tahririyat 1
"Sevinch" ayollar jamoasi 100 foizlik natija bilan Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yoʻl oldi

Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda boʻlib oʻtgan hal qiluvchi uchinchi tur uchrashuvida vakilalarimiz Birlashgan Arab Amirliklarining "Banaat" jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda "Sevinch" qizlari toʻliq ustunlikni namoyish etib, raqib darvozasiga javobsiz ettita toʻp kiritishdi va 7:0 hisobidagi yirik gʻalabani tantana qilishdi.

Saralash bosqichi davomida qashqadaryoliklar mutlaq etakchilik qilib, barcha oʻyinlarda yutib chiqdi. Ular bunga qadar oʻtkazilgan dastlabki ikki turda ham yirik hisoblarda zafar quchishgan edi. Xususan, birinchi turda Laosning "Master" jamoasi 11:0 hisobida dogʻda qoldirilgan boʻlsa, ikkinchi turda Butanning "Royal Tximpxu Kollej" klubi ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba qoʻlga kiritildi.

Shu tariqa, "Sevinch" jamoasi oʻtkazilgan uchta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozonib (3 ta oʻyin – 3 ta gʻalaba), raqiblari darvozasiga jami yigirma bitta gol urishga muvaffaq boʻldi va yuz foizlik koʻrsatkich bilan musobaqaning asosiy guruh bosqichiga yoʻllanma oldi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring