Fidbol.net

Tantashev "Dinamo" – "Paxtakor" uchrashuvida xatoga yoʻl qoʻydimi? Superliga 19-turidagi hakamlik tahlili

Tahririyat 2
Tantashev "Dinamo" – "Paxtakor" uchrashuvida xatoga yoʻl qoʻydimi? Superliga 19-turidagi hakamlik tahlili

"Neftchi" – "Soʻgʻdiyona"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

"Neftchi" futbolchisi oʻyindan tashqari holatda, darvozabonga yaqin va toʻpning harakatlanish yoʻnalishida turgan edi. Ushbu holatda u epizodga ochiq-oydin ta'sir oʻtkazib, darvozabonga xalaqit bergan, deb hisoblaymiz. Bizningcha, toʻgʻri qaror – oʻyindan tashqari holat qayd etilib, golning bekor qilinishidir.

"Neftchi" – "Soʻgʻdiyona"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

"Soʻgʻdiyona" oʻyinchisi podkat emas, balki haddan tashqari kuch ishlatgan holda sakrashni amalga oshirmoqda va bunda raqibining boldir mushagi qismiga butsasining tishlari bilan yuqoridan zarba bermoqda. Toʻgʻri qaror – qoʻpol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka.

"Neftchi" – "Soʻgʻdiyona"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Mavjud rakurslardan kelib chiqib, "Neftchi" hujumchisi toʻpga qoʻli bilan tegmagan va gol toʻgʻri hisobga olingan deb hisoblaymiz. Hakam xato qilganligini isbotlovchi yaqqol dalillar yoʻq.

"Qoʻqon-1912" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

VAR bilan hamfikrmiz. "Buxoro" himoyachisi qoʻli bilan qasddan harakat qilib, raqibining yuziga zarba bergan. Toʻgʻri qaror – penalti va qoʻpol oʻyin uchun sariq kartochka.

"Qoʻqon-1912" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Maydondagi hakamning qarorini qoʻllab-quvvatlaymiz. "Buxoro" oʻyinchisi pozitsiyani boy bergan va raqibini futbolkasidan tortib ushlab qolgan. Qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda, qisqa vaqt ichida toʻp "Qoʻqon-1912" oʻyinchisida boʻlishi aniq edi. Toʻp chizigʻi ortida faqat bir nafar "Buxoro" futbolchisi va darvozabon qolgandi, bu esa mazkur hujumni xavfli deb hisoblashimizga asos boʻladi. Xavfli hujumni barbod qilganligi uchun sariq kartochka.

"Andijon" – "Xorazm"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Bizning fikrimizcha, "Xorazm" darvozaboni birinchi boʻlib toʻpga oʻynagan, shundan soʻng toʻqnashuv sodir boʻlgan. Biz uchun bu aniq penalti emas, hakam hujumda qoida buzilganligini toʻgʻri qayd etgan.

"Dinamo" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Qiziqarli vaziyat, biroq hakam uni toʻgʻri baholadi. Toʻp maydonni tark etgan va birinchisi olib tashlanmaguncha, boshqa toʻpni oʻyinga kiritmaslik kerak edi, zero u oʻyinchiga ("Paxtakor" darvozaboniga) xalaqit berayotgandi. Bu erda nafaqat qoidalar, balki "oʻyin ruhiyati" ham oʻz kuchiga ega. Adolat buzilgani uchun futbol bunday gollarga mutlaqo qarshi.

"Dinamo" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

"Paxtakor" darvozaboni raqib bilan toʻqnashib ketishidan oldin hakam takroriy lavhani koʻrish orqali hujumchining qoʻl bilan oʻynaganini aniqladi va shundan soʻng himoyalanayotgan jamoa foydasiga jarima toʻpini belgilab, mutlaqo adolatli qaror chiqardi.

"Surxon" – OKMK

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Hakam murakkab vaziyatda juda yaxshi qaror qabul qildi. Birinchidan, oyoqqa berilgan zarbani koʻrdi va ikkinchidan, qoidabuzarlik sodir etilgan joyni toʻgʻri aniqladi. Bizning fikrimizcha, toʻgʻri qaror – raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilganligi uchun "Surxon" himoyachisiga qizil kartochka va qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida boʻlganligi sababli jarima toʻpi belgilash.

"Lokomotiv" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Agar "Lokomotiv" himoyachisi qoʻli bilan qoʻshimcha harakat qilmaganida edi, muvaffaqiyatli blokdan soʻng hakam penalti belgilamagan boʻlardi. Ammo toʻp tomon qoʻl bilan qilingan harakatni alohida epizod sifatida baholaymiz va hakamning qarorini qoʻllab-quvvatlaymiz – penalti.

Shu tariqa, Superliganing 19-turi doirasidagi uchrashuvlarda hakamlar faqat bitta qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyishgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring