Sergey Lebedev: "Bizda yaxshi jamoa, yaxshi kollektiv yigʻilgan"
- Kim oʻyinda boʻlib, tomosha qilgan boʻlsa, bu barchaga ma'qul kelgan boʻlsa kerak. Yaxshi, jangovar oʻyin boʻldi. Ilk navbatda maydonda jonini berib oʻynagan shogirdlarimga rahmat aytaman. Ular xarakter koʻrsatib, oxirigacha oʻynashdi. Bizda yaxshi jamoa, yaxshi kollektiv yigʻilgan, bu sifat oʻyindan-oʻyinga yaxshilanib boradi. Bizni doimo qoʻllab-quvvatlab turadigan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiraman.

- Katta tanaffusdan keyin "FarDU" juda zoʻr oʻynamoqda. Buning sababi nimada?
- Yigʻin oʻtkazdik, tayyorgarlik kuchli boʻldi. Taktik-texnik tomondan mehnat qildik. Shuningdek, eng muhim jihat boʻlgan kollektiv, biz eng yaxshilarini yigʻdik. Agarda yomon kollektiv va yaxshi futbolchi yigʻsangiz, natijalar boʻlmaydi. Kollektiv yaxshi boʻlsa, natija ham boʻladi.
- Universitet jamoalarida moliyaviy tomondan muammolar borligi ma'lum boʻlmoqda. "FarDU"da bunday muammo yoʻqmi?
- Bizda yoʻq. Viloyat, universitet va klub rahbarlariga rahmat aytamiz. Ular bizni yaxshigina qoʻllab-quvvatlamoqda.
Shuni aytib oʻtmoqchimanki, biz gʻalabani Fargʻona Davlat Universiteti rektoriga bagʻishlaymiz va bizni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildiramiz.
Manba: championat.asia
Izohlar 0