Fidbol.net

Zayniddin Tojiev: "Barchasi reja asosida boʻldi"

Tahririyat 2
Zayniddin Tojiev: "Barchasi reja asosida boʻldi"

— Zayniddin aka, birinchi navbatda gʻalaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqida qisqacha fikrlaringiz bilan boʻlishsangiz.

  — Avvalambor assalomu alaykum. Oʻyinga keladigan boʻlsak, "Kattaqoʻrgʻon" oʻz oldiga Superligaga chiqish kabi juda yuqori vazifalarni qoʻygan. Shuning uchun juda qiyin oʻyin kutayotganini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgandik. Baribir oʻsha standart vaziyatlarda bolalarimiz sal-pal yoshlik qilib qoʻyishyapti, hali ham ishlaydigan joylarimiz juda koʻp. Xudo xolasa, mashgʻulotlarda buni bartaraf etib, kamroq gol oʻtkazib yuboradigan jamoa boʻlamiz. Birinchi boʻlimda ikkinchi golni oʻtkazib yuborgach, tanaffusga 2:1 hisobi bilan chiqib ketdik. Lekin bolalar baribir oʻzida kuch topib, aytilgan koʻrsatmalarni roʻyobga chiqarishdi. Shuning uchun barchasiga rahmat deyman va gʻalaba bilan tabriklayman.

 — Oxirgi paytlarda "Gʻazalkent" koʻproq ochkolarni uy uchrashuvlarida yoʻqotib, safarda yaxshiroq oʻynamoqda. Bunga qanday fikr bildirasiz? 

 — Bitta narsa bor-da — bizda hali oʻz uy stadionimiz yoʻq. Xudo xolasa, oʻz stadionimiz boʻlsa, uyda ham gʻalaba qozonishga harakat qilamiz (kuladi).

 — Jamoa jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorlangani va 90-daqiqada ham tetik koʻrinayotgani koʻzga tashlanmoqda. Bu nima bilan bogʻliq? 

 — Bu reja asosida boʻlgan. Chunki jamoamiz dekabr oyidayoq yigʻilgan. Ushbu mavsumga juda jiddiy tayyorgarlik koʻrganmiz. Shuning hisobiga yigitlar ikkinchi boʻlimda ham kuch topib harakat qilishyapti. Faqat bitta muammo bor — ularning salohiyati va kuchi koʻp, lekin barchasi ruhiyatga bogʻliq. Choʻchishni kamaytirib, oʻziga boʻlgan ishonchni oshirishsa, butkul boshqa jamoaga aylanishadi.

 — U-20 terma jamoasiga "Gʻazalkent"dan futbolchilar jalb etilmagani haqida qanday izoh berasiz? 

 — Har bir murabbiyning oʻz qarashi bor, u kimni xohlasa oladi, xohlamasa yoʻq. Yigitlar faqat oʻz ustida ishlashi va oʻzini koʻrsatishi kerak. Xudo xolasa, terma jamoaga ham, Jahon chempionati va saralash oʻyinlariga ham tarkibimizdan futbolchilar qoʻshilishiga umidimiz katta.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring