Fidbol.net

Yuriy Utkulbaev: "Gʻalaba qozonishni istagandik"

Tahririyat 6
Yuriy Utkulbaev: "Gʻalaba qozonishni istagandik"

— Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz bilan boʻlishsangiz... 

 — Nima ham derdim, kutilmagan penalti, futbolchini koʻrmay qolish holati va avtogol boʻldi. Umuman olganda, koʻplab vaziyatlarga boy oʻyin kechdi, oʻylashimcha, bu muxlislarga ma'qul keldi. Gollar soni va keskin epizodlar koʻp boʻldi. Raqibni gʻalaba bilan tabriklashdan boshqa ilojim yoʻq.

 — Odatda jamoangiz hisobda oldinga chiqib olgach, zich himoyalanib, hisobni ushlab qolishni yaxshi uddalardi. Bugun esa bunday boʻlmadi, bunga nima sabab boʻldi? 

 — Biz faqat hisobni ushlash haqida oʻylamaymiz, bugun ham oʻz oʻyinimizni koʻrsatib, imkoniyatlar yaratdik. Shunchaki bugun oʻz darvozamizdan nojoʻya gol oʻtkazib yubordik. Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik koʻrgandik va gʻalaba qozonishni istagandik. Bunday maydonda har qanday kutilmagan holat yuz berishi mumkinligini tushunardik, shu bois yana gol urishga harakat qildik.

 — Ildar Mamatkazin almashtirilganda nima sodir boʻldi? Hakamlar adashdimi yoki yordamchingiz tabloga xato raqam yozdimi? 

 — Yoʻq, yoʻq, barchasi rejamiz boʻyicha edi. Yoshi nisbatan katta futbolchilarni almashtirib, hujum chizigʻini va oʻng qanotni kuchaytirmoqchi edik. Ildarga tezkor hujumchilar bilan olishish qiyinlashayotgani uchun uni almashtirishga qaror qildik. Vagizni yarim himoyaga chiqardik. Umuman olganda, oʻng qanotni yangilab, hujumkorlikni oshirishni koʻzlagandik. Ildar va Hoshimov bilan hammasi joyida. Faqat almashtirish qogʻozidagi raqamlarni yozishda ozgina tushunmovchilik boʻldi, shekilli.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring