Fidbol.net

Kamoliddin Tojiev: "Qaerdan offsayd topishdi bilmayman. Offsayd chizigʻini darvoza ortida chizsa ham offsayd yoʻq edi"

Tahririyat 3
Kamoliddin Tojiev: "Qaerdan offsayd topishdi bilmayman. Offsayd chizigʻini darvoza ortida chizsa ham offsayd yoʻq edi"

"Yaxshi oʻyin boʻldi. Oxirigacha kurashdik. Qaerdan offsayd topishdi bilmayman. Uch ochkodan mahrum boʻldik. Offsayd chizigʻi deb, chiziqni darvoza ortidan chizishmoqda. U erda hech qanday oʻyindan tashqari holat yoʻq. Menimcha, vaziyatni hamma koʻrdi. Yigitlarga rahmat deyman. Ular oxirigacha kurashdi", - deya gap boshladi Kamoliddin Tojiev.

- Takroriy holatni koʻrdingizmi? Sababi oʻyin vaqtida hissiyotlarga berilgan boʻladi. Oʻyindan soʻng takrorda esa vaziyatni xotirjam koʻrib olib, yakuniy xulosaga kelinadi...
- Koʻrdim. Oʻzimizning kameradan koʻrdik. U erda umuman offsayd yoʻq edi. Offsayd chizigʻini darvoza ortida chizsa ham offsayd yoʻq. Takroriy vaziyatni koʻrdik.

- 90 daqiqa davomida "Paxtakor" 2-3ta gol urib qoʻyganida ushbu bahsli vaziyat umuman ahamiyatsiz boʻlib qolar edi...
- Yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Barcha jamoalar "Paxtakor"ga qarshi 200% kurashadi. Shuning uchun biz ham qiynaldik va yana vaziyatlardan unumli foydalanmadik.

- "Surxon" kabi jamoalarga qarshi ikki nafar hujumchi bilan oʻynatsa boʻlmasmidi?
- Biz hujumchi ortida yana bir futbolchini oʻynatamiz. U ham hujumchi sifatida hisoblanadi.

- "Neftchi" bilan Kubok oʻyini bor. Undan oldin esa "Dinamo"ga qarshi oʻyin. "Dinamo"ga qarshi oʻyinda rotatsiya boʻladimi?
- Hozir faqat "Dinamo"ni haqida oʻylaymiz.

- OChLga qur'a tashlandi. "Paxtakor" oʻtgan safar Saudiya jamoalaridan koʻra qatarliklar bilan oʻynagan edi. Qur'a natijasidan qoniqdingizmi?
- Biz yulduzlarga qarshi oʻynaymiz. Kuchlilarga qarshi oʻynashimiz yaxshi-ku. Muxlislarimiz ham katta yulduzlarni koʻrishadi. Umuman olganda, qiziqish ortadi.

- Yangi futbolchilarning bugungi oʻyiniga qanday baho berasiz?
- Murtazo jarohat oldi. Ayman ham yaqindagina jarohatdan qutulgan edi. Nasib boʻlsa, ikki futbolchi ham tez orada eng yaxshi sport formasiga kirib oladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring