Fidbol.net

OʻzFHM "Paxtakor"ning hisoblanmagan goli boʻyicha bayonot bilan chiqdi, biroq...

Tahririyat 4
OʻzFHM "Paxtakor"ning hisoblanmagan goli boʻyicha bayonot bilan chiqdi, biroq...

Biroq tashkilot oʻz bayonotida qarorning toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻlganini yozib oʻtmagan.

Superliga 18-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi gol urdi.

Ushbu vaziyat VAR hakami tomonidan koʻrib chiqilib, chiziq chizilgandan soʻng “Paxtakor”ning 17-raqamli futbolchisi toʻp uzatilgan vaqtda ofsayd holatida boʻlgani hamda toʻp uchun faol kurash olib borgani haqida bosh hakamga ma'lumot berildi. Shundan soʻng bosh hakam VAR hakamining ma'lumotiga asosan golni bekor qildi.

Biroq, mazkur vaziyatda VAR hakami bosh hakamni monitor orqali vaziyatni qayta koʻrib chiqishga chaqirmasdan xatoga yoʻl qoʻydi.

Biroq VAR protokollarida shunday yozilgan qoida bor:

“Hakam VAR monitoriga BORMAYDIGAN holatlar (Faktik holat)
Aniq chiziq (fakt): Agar masalaga faqat oʻyinchining pozitsiyasi taalluqli boʻlsa (ya'ni, hujumchi raqib himoyachisidan oldindami-yoʻqmi va toʻpga tegdimi), bu faktik qaror hisoblanadi.
Jarayon: VAR hakamlari video-takror va chiziqlar (yoki yarim avtomatik ofsayd tizimi) orqali pozitsiyani aniqlaydi va quloqchin orqali bosh hakamga "Ofsayd bor" yoki "Ofsayd yoʻq" deb ma'lum qiladi. Bosh hakam monitorga bormasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻyinni toʻxtatadi yoki golni inkor etadi/hisoblaydi”

Shu qoidadan kelib chiqadigan boʻlsak, Jasur Muxtorovning bu holatda VAR monitoriga yaqinlashishi kerak boʻlmaydi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring