Superliga. "Paxtakor" oʻz uyida "Surxon"ni yuta olmadi
Superliga, 18-tur
“Paxtakor” – “Surxon” 0:0
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Sherzod A'zamov, Diyorbek Amonov
Nazoratchi: Vladislav Tseytlin
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Komissar: Diyor Xotamqulov
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Murtazo Puraliganji (50.Flamarion, 46), 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (17.Dostonbek Hamdamov, 59), 23.Abdurauf Boʻriev, 27.Sardor Sobirxoʻjaev, 29.Ayman Hussayn (90.Stefan Chinedu, 59), 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (11.Hojimat Erkinov, 59).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 20.Dilshod Abdullaev, 33.Quvanishbek Saydaliev, .
“Surxon”: 25.Otabek Boymurodov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (27.Muhammadali Musaxanov, 67), 8.Humoyun Sherboʻtaev, 11.Richard Fraydey, 14.Tohirjon Ashurbaev (91.A'zamjon Temirxonov, 59), 15.Diyor Ramazonov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 59), 19.Farruh Qodirov (23.Kamron Yusupov, 59), 21.Tornike Dzebniauri (17.Sarvar Abduhamidov, 81), 26.Behruz Shukurullaev, 66.Behroʻz Shaydulov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 18.Behruz Oʻktamov, 31.Kamronbek Ergashev, 33.Umidbek Quvondiqov, .
Ogohlantirishlar: Tohirjon Ashurboev 43, Mirmaqsud Mirusmonov 68, Akmal Mozgovoy 90+12.
MATNLI TRANSLYaTsIYa
90+11. Oʻyin tugadi. “Paxtakor“ - “Surxon“ 0:0
90+8. Qizil kartochka. “Paxtakor“ rasmiysi Dilshod Karimov chetlatildi
90+7. GOL inobatga olinmadi, Hamdamov ofsaydda ekan
90+3. GOL! HOJIMAT ERKINOV! 1:0. Otabek Boymurodovdan oʻta qoʻpol xatodan Hojimat Erkinov foydalanib ketdi.
90+3. ZARBA! Yusupovning jarima maydoni ichidan zarba berdi, Quvvatov oʻz oʻrnida!
90+2. UXXX! Erkinovning chap qanotdan uzatgan toʻpini Hamdamov boshi bilan darvozaga zarba berdi, yana noaniq
90+1. Xavfli vaziyat. Nasrullaev uzatgan toʻpni Hamdamov boshi bilan darvoza tomon yoʻlladi, noaniq
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qoʻshildi
81. Oʻzgarish. “Surxon“. Dzebniauri oʻrniga Sarvar Abduhamidov tushdi
81. ZARBAAAAAA! Oʻng qanotdan Alijonov uzatgan toʻpni Chinedu toʻxtatmay zarba berdi, toʻp ustunga tegib qaytdi!
77. XAVFLI VAZIYaT! Fraydey toʻpni egallab oldinga bordi, Yusupov bilan “devor” uslubida oʻynagan Richard zarba berishda noaniq harakat qildi!
70. Doston Hamdamovning jarimadan yoʻllagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
68. Ogohlantirish. “Surxon“. Mirusmonov
67. Oʻzgarish. “Surxon“. Tursunov oʻrniga Musaxonov tushdi
59. Oʻzgarishlar. "Surxon". Ashurbaev, Ramazonov va Qodirov oʻrniga Yusupov, Temirxonov va Mirusmonov tushdi
59. Oʻzgarishlar. “Paxtakor“. Bozorov, Resan va Ayman oʻrniga Chinedu, Erkinov, Hamdamov tushdi.
53. Akmal Mozgovoy tomonidan ijro etilgan jarima zarbasidan keyin toʻp jonli devorga tegdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. Oʻzgarish. “Paxtakor“. Puraliganji oʻrniga Flamarion tushdi
45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0
43. Ogohlantirish. “Surxon“. Ashurboev
36. Xavfli vaziyat! Bozorov zarba beradigan joyda Aymanga toʻp uzatdi, noaniq
32. Xavfli vaziyat. Mozgovoydan toʻp uzatish va Aymandan bosh bilan noaniq zarba
23. UXXX! Oybek Bozorov birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, Otabek Boymurodovdan seyv!
14. Xavfli vaziyat! Tursunovning oʻng qanotdan uzatgan toʻpini Mozgovoy qaytardi, toʻp yoʻl yoʻlakay Tahsinga tegib maydonni tark etdi
7. Xavfli vaziyat! Ayman oʻzi boshlagan hujumni gol bilan yakunlashi mumkin edi. Chap qanotdan kirib toʻpni Basharga uzatdi. Resan esa Alijonovga. Hojiakbar oʻz qanotidan jarima maydonchasi ichiga kirib yana chapga. Afsuski toʻpga Ayman Hussayn oyoq qoʻyishga ulgurmadi.
1. OʻYIN BOShLANDI!
Manba: championat.asia
Izohlar 0