«Yuventus» Kolo-Muanini sotib olish ustida ishlamoqda
Tahririyat
•
•
17
Bundan oldinroq, Turin klubi «PSJ» hujumchisini sotib olish bo‘yicha yangi urinishlarni amalga oshirgani haqida xabar berilgandi, chunki uning o‘tishi avgust va yanvar oylarida barbod bo‘lgan edi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda muzokaralar qizg‘in pallada va muhokamalar jarayoni kutilgan natijalarni bermoqda. Turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti fransuzning transferiga umid qilmoqda.
«Yuventus» agar narx 35 million yevrodan kam bo‘lsa, ijaradan so‘ng futbolchini majburiy sotib olishni kafolatlashga tayyor.
Fransuz o‘tgan mavsumni «Tottenxem»da ijara asosida o‘tkazdi. U APLning 30 ta o‘yinida 1 ta gol urdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0