Ibragimovich: «Hammamiz Messining o‘yinidan zavqlanmoqdamiz»
Shvesiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Lionel Messining rekordiga munosabat bildirdi.
Argentinalik hujumchi bugungi JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi va 18 ta gol bilan jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
«Bunga hech qachon shubha bo‘lmagan. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, u o‘zini oddiy inson sifatida ko‘rsatadi – penaltidan adashadi, lekin boshqa vaziyatlarda u umuman insonga o‘xshamaydi, bu – Messi. U o‘zining 6-jahon chempionatida qatnashmoqda, ular hali Iordaniyaga qarshi o‘ynashgani yo‘q, shuning uchun bu nima bilan tugashini bilmayman.
Ikkita o‘yinda beshta gol – menda esa ikkita jahon chempionatida nol ta gol. Men u uchun xursandman va buni shu tarzda davom ettirishiga umid qilaman.
Bir necha kundan keyin uning tug‘ilgan kuni, shunday ekan, bundan zavqlansin. Hammamiz uning o‘yinini tomosha qilib zavq olmoqdamiz. Hayratlanarli, shunchaki aql bovar qilmaydi, so‘z yo‘q», – dedi Ibragimovich.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0