Fidbol.net

Skaloni: «Italiya va Ispaniyaning eng yaxshi to‘purarlarini maydonda birga ko‘rishni qanday qilib istamasligim mumkin?»

Tahririyat 19
Skaloni: «Italiya va Ispaniyaning eng yaxshi to‘purarlarini maydonda birga ko‘rishni qanday qilib istamasligim mumkin?»

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa hujumchilarining maydondagi kombinasiyasi haqida gapirdi.

Argentinaliklar JCH-2026 2-turida 38 yoshli Lionel Messining dubli evaziga Avstriya terma jamoasini (2:0) mag‘lub etishdi.

«Ba’zan mendan Lautaro Martines va Xulian Alvares birga o‘ynay olishadimi deb so‘rashadi... Bu qiyin savol. Lautaro, Xulian, Leo... Lekin shu bilan birga himoyalanish, yugurish va muvozanatni saqlash ham kerak. Men jon-dildan hammasini tushirgan bo‘lardim, chunki ularning uchchalasini ham yaxshi ko‘raman, ularga qoyil qolaman. Ammo Leo o‘ynashi kerak, chunki men shunday qaror qildim.

Bu qiziq savol, lekin javobi u qadar oddiy emas. Agar muvozanatni yo‘qotsak, zaif jamoaga aylanish xavfi bor, bu esa biz eng oxirgi istaydigan narsadir. Ispaniya va Italiyaning eng yaxshi to‘purarlari haqida gap ketganda, qanday qilib ularni maydonda birga ko‘rishni istamasligim mumkin? Biroq bizning ustuvor vazifamiz doimo jamoa uchun eng yaxshi bo‘lgan narsani qilishdir. Ularning ikkalasi ham buni tushunishadi: bugun Lautaro aql bovar qilmaydigan ishni bajardi», – dedi Skaloni o‘yindan keyin.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring