Yurtdoshlarimiz sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
Tahririyat
•
•
6
Xitoyning Zuni shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yoshlar va kattalar toifalaridagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning bugungi kun bahslarida hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Har ikki medal sport otidagi mashq dasturida qo‘lga kiritildi. Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘tkirbek Jo‘rayev eng yuqori ballni jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Yoshlar toifasida esa Timur Kamayev shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0