Fidbol.net

Akanji De Bryoyne haqida: «Jarohat sababli unga omad kulib boqmadi»

Tahririyat 4
Akanji De Bryoyne haqida: «Jarohat sababli unga omad kulib boqmadi»

«Inter» klubi himoyachisi Manuel Akandji «Napoli» a’zosi Kevin de Bryoyne haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Belgiyalik futbolchi erkin agent sifatida neapolitanliklar safiga o‘tganidan so‘ng, Italiyadagi ilk mavsumini o‘tkazdi.

«Mening fikrimcha, u hali ham Italiya futbolida katta ta’sir o‘tkaza oladi. Kevin — ajoyib futbolchi va mening yaqin do‘stim. Uzoq muddatga safdan chiqargan jarohati sababli unga biroz omad kulib boqmadi. U maydonga qaytgan vaqtda esa chempionlik uchun kurash taqdiri amalda hal bo‘lib ulgurgan edi», — dedi Akanji Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Shveysariyalik himoyachi, shuningdek, De Bryoynega qarshi yana maydonda uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini qo‘shimcha qildi:

«Unga qarshi maydonga tushishni juda xohlardim, bunday imkoniyat tez-tez sodir bo‘lavermaydi».

Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida 34 yoshli hujumkor yarim himoyachi De Bryoyne 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring