Fidbol.net

«Real»ning sobiq futbolchisi infarktni boshdan kechirdi

Tahririyat 3
«Real»ning sobiq futbolchisi infarktni boshdan kechirdi

«Universidad de Chili» klubi bosh murabbiyi Fernando Gago yurak xurujini (infarkt) boshdan kechirdi va zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. «Real»ning sobiq yarim himoyachisi o‘yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida o‘zini yomon his qilgan.

To‘satdan boshlangan kuchli og‘riqdan so‘ng, 40 yoshli argentinalik mutaxassis Santyago shahridagi shifoxonalardan biriga olib borilgan va u yerda tezkorlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Chili klubi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Gagoning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring