Fidbol.net

Endrik Gaiti bilan bahsdagi bekor qilingan goliga munosabat bildirdi

Tahririyat 5
Endrik Gaiti bilan bahsdagi bekor qilingan goliga munosabat bildirdi

«Real» va Braziliya hujumchisi Endrik Jahon chempionatidagi debyuti haqida fikr bildirdi.

19 yoshli forvard Gaitiga qarshi kechgan va «selesao»ning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning ikkinchi bo‘limi, 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Endrik Rayan Roshaning himoyachilar orasidan uzatgan ajoyib pasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘Lion qilishga ham muvaffaq bo‘lgandi, biroq ushbu gol ofsayd sababli bekor qilindi. Yosh yulduz golni nishonlashni boshlab yuborgan bo‘lsa-da, yon hakam allaqachon bayroqchasini ko‘tarib ulgurgan edi.

«Men juda baxtliman va Yaratgandan minnatdorman. Hayotimda aql bovar qilmaydigan darajadagi voqealar sodir bo‘lmoqda.

To‘g‘ri, urgan golim bekor qilindi, lekin maydonning turli pozisiyalarida jamoamga yordam berishga harakat qildim. Eng muhimi — men Jahon chempionatida o‘ynadim va go‘daklikdagi shirin orzuimni amalga oshirdim.

Men juda ham xursandman. Albatta, dunyo birinchiligida debyut qilish — bu juda ajoyib tuyg‘u. Xudoga shukronalar aytishda davom etaman», — dedi Endrik uchrashuvdan so‘ng.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring