Fidbol.net

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini tasdiqladi

Tahririyat 12
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini tasdiqladi

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini tasdiqladi.

«Biz buni e’lon qilishdan unchalik yiroq emasmiz. Agar hammasi ideal ketsa, yaqin kunlarda buni ma’lum qilamiz», — deb keltiradi Kloppning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano «X» ijtimoiy tarmog‘ida Magenta TV ma’lumotlariga tayanib.

Avvalroq matbuotda 59 yoshli mutaxassis shu juma, 24 iyul kuni Frankfurtda Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi. Murabbiyning shartnomasi 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar mo‘ljallangan.

Klopp 2025 yildan beri «Red Bull» kompaniyasida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Uning ushbu kompaniya bilan shartnomasi 2029 yil oxirigacha tuzilgan. «Red Bull»da ishlashdan oldin mutaxassis 2015 yildan 2024 yilgacha «Liverpul»ni boshqargan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring