Fidbol.net

XX Osiyo oʻyinlari. Yigitlar va qizlar Yaponiyaga boradi

Tahririyat 2
XX Osiyo oʻyinlari. Yigitlar va qizlar Yaponiyaga boradi

Bu hisob boʻyicha 20-Osiyo oʻyinlari, ya'ni yubiley musobaqa boʻladi.

Mazkur Osiyo oʻyinlarida futbol boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi. Quyida har ikki jamoamiz oʻynaydigan raqiblar, guruhlar va umuman musobaqa haqida ma'lumot berib oʻtamiz.

XX Osiyo oʻyinlarida futbol bahslari 14 sentyabr - 3 oktyabr oraligʻida boʻlib oʻtadi. Erkaklar futbolida 15ta, ayollar futbolida esa 12ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Erkaklar futboli

Bunda 15ta jamoa toʻrtta guruhga boʻlib chiqilgan. Uchta guruhda toʻrttadan va oxirgi guruhda uchta jamoa oʻrin olgan.

A guruhi - Yaponiya, Tailand, Qirgʻiziston, Gonkong.

B guruhi - Xitoy, BAA, Eron, KXDR.

C guruhi - Vetnam, Oʻzbekiston, Filippin, Quvayt.

D guruhi - Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar.

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada C guruhida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazadi. Taqvim quyidagicha koʻrinish olgan:

15 sentyabr. Oʻzbekiston - Filippin

18 sentyabr. Quvayt - Oʻzbekiston

22 sentyabr. Vetnam - Oʻzbekiston

Musobaqa reglamentiga koʻra, ushbu Osiyo oʻyinlarida 2003 yil 1 yanvardan keyin tugʻilgan futbolchilar roʻyxati taqdim etiladi. 23talik roʻyxatda shuningdek yoshi katta uch nafar futbolchiga xam ruxsat beriladi.

Musobaqa formatiga koʻra, har bir guruhdan 2tadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Biz guruhdan chiqqan taqdirda chorak finalni Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni yoki Qatarga qarshi oʻtkazamiz.

Toyota_Stadium.jpg

Chorak final uchrashuvlari 25-26 sentyabr kunlari, yarim final 30 sentyabr hamda uchinchi oʻrin uchun bahs bilan hal qiluvchi final oʻyini 3 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Musobaqaning final oʻyiniga 45 ming muxlisga moʻljallangan hashamatli "Toyota Stedium" mezbonlik qiladi.

Ayollar futboli

Ushbu Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Sportning futbol turi boʻyicha musobaqada 12ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Jamoalar toʻrttadan uch guruhga boʻlingan.

A guruhi - Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Vetnam, Tailand.

B guruhi - Janubiy Koreya, KXDR, Bangladesh, Myanma.

C guruhi - Xitoy, Oʻzbekiston, Filippin, Gonkong.

Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 14 sentyabrdan oʻyinlarga kirishadi.

14 sentyabr. Filippin - Oʻzbekiston

17 sentyabr. Oʻzbekiston - Xitoy

21 sentyabr. Oʻzbekiston - Gonkong

Shizuoka.jpg

Musobaqa formatiga koʻra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa, shuningdek eng yaxshi ikkita uchinchi oʻrin egalari (jami 8ta jamoa) keyingi bosqichga yoʻl oladi. 25 sentyabr kuni chorak final oʻyinlari oʻtkazilsa, 29 sentyabrda yarim final hamda 2 oktyabr kuni uchinchi oʻrin uchun bahs bilan final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Musobaqaning hal qiluvchi final oʻyiniga 50 ming muxlisga moʻljallangan "Shizuoka Stedium" mezbonlik qiladi.

X.Xoliqov

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring