Superliga. 7 ta gol urilgan bahsda “Soʻgʻdiyona” “Mash'al”ni yirik hisobda taslim qildi
“Soʻgʻdiyona” — “Mash'al” 5:2
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Husan Xudoyberdiev, Sardor Hakimov, Dias Galeev.
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Feruzbek Gʻaniev.
Gollar: Zabihillo Oʻrinboev 4, - 1:0 (Samandarjon Mavlonqulov). Filip Ivanovich 33, - 2:0 (Lyupcho Doriev). Zabihillo Oʻrinboev 40, - 3:0 (Filip Ivanovich). Mahmud Joʻraboev 41, - 3:1 (Ifeani Ifeani). Lyupcho Doriev 51, - 4:1 (Oybek Nurmatov). Jamshid Boltaboev 66, - 5:1 (Zoir Joʻraboev). Humoyun Murtozaev 71, - 5:2.
“Soʻgʻdiyona”: 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 7.Petar Michin (50.Shohruz Kamolov, 70), 8.Jamshid Boltaboev, 10.Javohir Qahramonov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev (9.Zenan Zaymovich, 70), 19.Zabihillo Oʻrinboev (77.Oybek Nurmatov, 51), 28.Samandarjon Mavlonqulov (2.Zoir Joʻraboev, 46), 32.Nodirjon Soyibov.
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 6.Behruzbek Asqarov, 18.Igor Golban, 21.Saidakbar Sharipov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov.
“Mash'al”: 25.Samandarbek Joʻrabekov, 5.Komiljon Tojidinov, 8.Sardor Abduraimov (70.Azizbek Choriev, 57), 11.Mahmud Joʻraboev (10.Humoyun Murtozaev, 45+1), 13.Nuriddin Nuridinov, 15.Muhammadali Aliqulov (18.Ilhomjon Abdigʻaniev, 57), 24.Ifeani Ifeani, 26.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev (4.Straxinya Boshnyak, 57), 50.Drago Bumbar, 63.Pavel Bureev (77.Izzatillo Abdulhaqov, 32).
Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 7.Vlatko Stoyanovski, 19.Tohirbek Toʻxtasinov, 99.Bobirjon Asqarov.
Ogohlantirish: Islom Qobilov 90+2.
MATNLI TRANSLYaTsIYa
90+3. Oʻyin tugadi, “Soʻgʻdiyona“ - “Mash'al“ 5:2
90+2. Ogohlantirish. “Soʻgʻdiyona“. Islom Qobilov
90. Oʻyinga 3 daqiqa qoʻshildi
85. ZARBA! Qahramonovning zarbasi noaniq ketdi
71. GOL! HUMOYuN MURTOZAEV! Oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni Abdulhaqov boshi bilan darvozaga yoʻlladi, Mitrovich toʻpni qaytardi, qaytgan toʻpni Murtozaev darvozaga yoʻlladi 5:2.
70. Oʻzgarishlar. "Soʻgʻdiyona". Doriev va Michin oʻrniga Zaymovich va Kamolov tushdi
66. GOL! JAMShID BOLTABOEV! Joʻraboevning uzatgan toʻpini Boltaboev darvozaga yoʻlladi - 5:1.
63. ZARBA! Dorievning zarbasi noaniq ketdi
57. Oʻzgarishlar. “Mash'al“. Fayziev, Aliqulov va Abduraimov oʻrniga Abdugʻaniev, Choriev va Boshnyak maydonga tushishdi
51. GOL! LYuPChO DORIEV! Hozirgina maydonga tushgan Nurmatovdan uzatma, Doriev birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi - 4:1.
51. Oʻzgarish. “Soʻgʻdiyona“. Oʻrinboev oʻrniga Nurmatov tushdi
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. Oʻzgarish. “Soʻgʻdiyona“. Mavlonqulov oʻrniga Joʻraboev tushdi
45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 3:1.
45+1. Oʻzgarish. “Mash'al“. Joʻraboev oʻrniga Murtozaev tushdi
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qoʻshildi
44. ZARBA! Michinning zarbasidan keyin darvozbon toʻpni qaytardi!
41. GOL! MAHMUD JOʻRABOEV! Ifeani Ifeani tomonidan uzatilgan toʻpni Joʻraboev darvozaga yoʻlladi - 3:1.
40. GOL! ZABIHILLO OʻRINBOEV! Ivanovichdan toʻp uzatish, Oʻrinboevdan supergol 3:0.
33. GOL! FILIP IVANOVICh. Dorievning jarimadan uzatgan toʻpini Ivanovich darvozaga yoʻlladi - 2:0.
32. Oʻzgarish. “Mash'al“. Bureev oʻrniga Abdulhaqov tushdi
30. “Mash'al“da jarima toʻpi, Tojiddinovning uzatgan toʻpi noaniq ketdi
26. Zarba! Drago Bumbarning bosh bilan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi
24. UXXX! Nuriddin Nuriddinovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
20. Bugun “Mash'al“ safida Zafar Akramov, Muhammadbobur Muydinov, Suxrob Parmonqulov, Ibrohim Gʻanixonov, Farruh Ibrohimov va Doston Toʻxtaboev jarohati sabab oʻtkazib yuborishmoqda
18. Zarba! Michinning zarbasi noaniq chiqdi
17. Zarba! Dorievning toʻp uzatishidan keyin Mavlonqulov noaniq zarba berdi
15. Zarba! Tojiddinovning zarbasi noaniq ketdi
12. ZARBA! Oʻrinboevning uzoqdan tepgan toʻpi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak toʻpi
4. GOL! ZABIHILLO OʻRINBOEV! Doriev toʻpni oldinga uzatdi, Mavlonqulov bir harakat bilan Oʻrinboevni birga bir vaziyatga chiqardi, Zabihillo gol urdi - 1:0.
1. OʻYIN BOShLANDI!
Manba: championat.asia
Izohlar 0