Fidbol.net

Futzal. Ertadan Jizzaxda Oʻzbekiston chempionati boshlanadi

Tahririyat 2
Futzal. Ertadan Jizzaxda Oʻzbekiston chempionati boshlanadi

Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasining sport zalida boshlanadi.

12 ta jamoa — bitta katta maqsad! Mamlakatimizning eng kuchli futzal jamoalari chempionlik sari uzoq, mashaqqatli va murosasiz yoʻlga otlanadi. Reglamentga koʻra, jamoalar uch davra davomida 12 turda bahs olib boradi. Mavsum davomida muxlislarni jami 198 ta qiziqarli va murosasiz uchrashuv kutmoqda.

Yangi mavsum — yangi imkoniyatlar! Futzal ishqibozlarini bir qator yangiliklar kutmoqda. Klublarimiz safiga yangi legionerlar qoʻshildi, xorijlik futzalchilar geografiyasi kengaydi. Shuningdek, jamoalar tarkibida yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalarimizga nomzod iqtidorli futzalchilar soni ham ortdi.

Fursatdan foydalanib, barcha futzal ishqibozlarini sevimli jamoalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Jizzax shahriga chorlaymiz!

Taqvimga koʻra, har kuni muxlislarni uchta qizgʻin bahs kutmoqda. Viloyat futbol akademiyasining sport zalida sizni nafaqat keskin uchrashuvlar, balki yangi mavsumga xos haqiqiy futzal muhiti kutib turadi!

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring