"Lokomotiv" oxirgi marotaba Namanganda qachon gʻalaba qozongan?
Timur Kapadze boshchiligidagi "Navbahor" jamoasi oʻz maydonida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi. Jamoalar shu kunga qadar Namanganda 20 marotaba toʻqnash kelgan, 11 ta oʻyinda mezbonlar, 6 ta bahsda mehmonlar 3 ochkoga ega chiqqan boʻlsa, 3 ta bellashuvda durangga imzo chekilgan.
"Temiryoʻlchilar" oxirgi marotaba raqibini safarda 2019 yil magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan va "Navbahor"ga soʻnggi bor oʻsha bahsda gol urgan. Keyingi ketma-ket 4 ta qarama-qarshilikda "lochinlar" ustun kelgan
05.05.2024. "Navbahor" - "Lokomotiv" 4:0
27.05.2022. "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0
15.08.2021. "Navbahor" - "Lokomotiv" 1:0
06.03.2020. "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0
27.11.2019. "Navbahor" - "Lokomotiv" 0:1
Ma'lumot uchun, bugungi oʻyin soat 19:00 da boshlanadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0