Fidbol.net

“Guliston” klubi qoshida akademiya ochildi

Tahririyat 6
“Guliston” klubi qoshida akademiya ochildi

Tadbirda klub prezidenti Oybek Ashurmatov, bosh murabbiy Abbos Ergashev, Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshligʻi Anvar Boʻronov, viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari, yosh futbolchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

2.jpg3.jpg4.jpg5.jpg

Marosim davomida akademiyaning faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida ma'lumot berildi. Yakunda yosh futbolchilarga liboslar, murabbiylarga esa mashgʻulotlar uchun zarur sport anjomlari topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, “Guliston” futbol klubi Oybek Ashurmatov, Jahongir Jiyamurodov boshqaruvida ijobiy taassurot qoldirmoqda. Jamoa Birinchi ligada oʻz mintaqasida yaqqol peshqadam. Shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida Birinchi liga jamoalari orasida birinchi boʻlib, chorak finalga etib keldi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring