"Andijon" yana bir qarzdorlikni bartaraf etdi
Tahririyat
•
•
3
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon” futbol klubining joriy yil qisqi tayyorgarlik yigʻinini Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazgani hamda yigʻin davomida “DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI” kompaniyasidan qarzdorligi bilan bogʻliq turli ma'lumotlar tarqalmoqda.
“Andijon” futbol klubi mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, jamoaning Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini davomida yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya xizmatlaridan foydalanilgan va ushbu hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar mavjud boʻlgan.
Klub tomonidan allaqachon toʻlovlar belgilangan tartibda toʻliq qoplangan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0