Fidbol.net

Superliga. "Qoʻqon-1912" va "Dinamo" murosa koʻchasini tanladi

Tahririyat 1
Superliga. "Qoʻqon-1912" va "Dinamo" murosa koʻchasini tanladi

“Qoʻqon-1912” – “Dinamo” 1:1

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov 

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Akmal Gʻiyosov

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov  

VAR: Jasur Muxtorov  

AVAR: Sherzod A'zamov 

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov  

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: 1:0 – 43, Silvanus Nimeli (Egor Kondratyuk); 1:1 – 51, Artyom Radaev (Tigran Avanesyan)

“Qoʻqon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazva, 11.Silvanus Nimeli (90.Akbar Oʻktamov, 89), 14.Ibrohim Yoʻldoshev, 19.Shahzod Akramov (22.Toma Tabatadze, 89), 20.Iqboljon Malikjonov, 69.Egor Kondratyuk (17.Farhodjon Sohibjonov, 46), 99.Muhammadanas Xasanov (10.Shohruh Gadoev, 73)

Zaxira: 1.Rustam Nartajiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Javohir Xusanov, 21.Gʻulom-Haydar Gʻulomov, 71.Elbekjon Yoʻlchiev.

“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 8.Azizbek Amonov (21.Jahongirbek Abdusalomov, 81), 16.Amadu Dumbuya, 18.Raul Jeparov (30.Xaris Xaydarevich, 66), 19.Tigran Avanesyan (24.Akbar Xudayberdiev, 66), 20.Jaloliddin Jumaboev, 26.Marko Stanoevich, 44.Abdugʻafur Haydarov (22.Ulugʻbek Abdullaev, 66), 77.Behruzbek Oblaqulov (14.Bahodir Nasimov, 81)

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Nurillo Toʻxtasinov, 15.Rasul Yuldoshov, 17.Salim Mustafaev.

Ogohlantirishlar: Marko Stanoevich (12), Abdugʻafur Haydarov (35)

90+3'. ⏱ Firdavs Norsafarovning hushtagi yangrab, uchrashuv yakunlanganini bildirdi. "Qoʻqon-1912" va "Dinamo" jamoalari oʻrtasida kechgan shiddatli bahsda jangovar durang qayd etildi – 1:1.

90'. ⏱ Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov ikkinchi boʻlimga 3 daqiqa vaqt qoʻshib berdi.

89'. 🔄 "Qoʻqon-1912" tarkibida ikkitalik oʻzgarish: Shahzod Akramov oʻrniga Toma Tabatadze, Silvanus Nimeli oʻrniga esa Akbar Oʻktamov maydonga tushirildi.

81'. 🔄 "Dinamo" tarkibida navbatdagi ikki oʻzgarish:

Azizbek Amonov oʻrniga Jahongirbek Abdusalomov, Behruzbek Oblaqulov oʻrniga esa Bahodir Nasimov bahsga qoʻshildi.

78'. Maydonga yangi tushgan Shohruh Gadoev olis masofadan darvoza tomon zarba yoʻlladi, biroq uning urinishi ancha noaniq chiqdi.

73'. 🔄 "Qoʻqon-1912" tarkibida oʻzgarish: Muhammadanas Xasanov oʻrnini Shohruh Gadoevga boʻshatib berdi.

67'. "Dinamo" futbolchilaridan ketma-ket zarbalar seriyasi! Oxirgi zarbada toʻp "Qoʻqon-1912" himoyachisining qoʻliga tekkandek tuyuldi, biroq bosh hakam qoida buzilmagan deb hisoblab, oʻyinni davom ettirishga qaror qildi.

66'. 🔄 "Dinamo" tarkibida birdaniga uchta oʻzgarish amalga oshirildi:

Abdugʻafur Haydarov oʻrniga Ulugʻbek Abdullaev, Tigran Avanesyan oʻrniga Akbar Xudayberdiev hamda Raul Jeparov oʻrniga Xaris Xaydarevich maydonga tushdi.

59'. ⚠️ Xavfli vaziyat! "Dinamo"ning burchak zarbasidan soʻng havodagi kurashda toʻp darvoza chizigʻi yaqinida turgan Jaloliddin Jumaboevga kelib tushdi. Jumaboev qulay vaziyatdan foydalana olmadi va noaniq zarba berib, toʻpni yuqoriga tepib yubordi.

57'. "Qoʻqon-1912" sardori Javohir Sidiqov jarima maydoni ichidan kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza toʻsinining yuqorisidan oʻtib ketdi.

51'. ⚽️ GOL! "Dinamo" muvozanatni tikladi! Markazdan oʻng qanotga oshirilgan uzatmadan soʻng Artyom Radaev toʻp uchun kechgan kurashda Shahzod Akramovdan ustun keldi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Radaev toʻpni Rahimjon Davronovning ustidan oshirib tashlab, darvozani ishgʻol qildi – 1:1!

46'. ⏱ Uchrashuvning ikkinchi boʻlimi boshlandi.

46'. 🔄 "Qoʻqon-1912" tarkibida oʻzgarish: Egor Kondratyuk oʻrniga Farhodjon Sohibjonov maydonga tushdi.

45+1'. ⏸ Birinchi boʻlim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga "Qoʻqon-1912"ning kichik ustunligi bilan yoʻl olishmoqda – 1:0.

45'. Marko Stanoevich va Egor Kondratyuk toʻqnashib ketdi. Oʻyin davomida kurash va toʻqnashuvlarda ancha faol qatnashayotgan Stanoevichning hisobida sariq kartochka borligini eslatib oʻtish joiz, u har bir vaziyatda ehtiyotkorroq harakat qilishi talab etiladi.

43'. ⚽️ GOL! "Qoʻqon-1912" futbolchilari uyushtirgan tezkor qarshi hujum samarali yakunlandi. Silvanus Nimeli oʻng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, himoyachilarning qarshiligiga qaramay, darvozaga aniq va kuchli zarba yoʻlladi!

35'. 🟨 "Dinamo" futbolchisi Abdugʻafur Haydarov raqib darvozabonining toʻpni oʻyinga kiritishiga xalaqit bergani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

33'. Maydon sifatining talab darajasida emasligi har ikki jamoa futbolchilarining erkin harakatlanishiga hamda aniq paslar almashishiga oʻz ta'sirini oʻtkazmoqda.

25'. "Qoʻqon-1912" yarim himoyachisi Alisher Salimov darvoza tomon zarba yoʻlladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.

20'. ⚠️ Xavfli vaziyat! Silvanus Nimelining ajoyib uzatmasidan soʻng Muhammadanas Xasanov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo "Dinamo" himoyachisi Mixail Shtefan katta tezlikda raqibiga etib olib, toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

18'. Shahzod Akramov olis masofadan kuchli zarba yoʻlladi. "Dinamo" darvozaboni Edem Nemanov toʻpni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. "Qoʻqon-1912" burchak toʻpi tepish huquqini qoʻlga kiritdi.

14'. ⚠️ Xavfli vaziyat! Javohir Sidiqov jarima zarbasidan toʻpni ichkariga uzatdi, biroq himoyachi uni qaytarishga erishdi. Qaytgan toʻpga Iqboljon Malikjonov kuchli zarba yoʻlladi, zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

12'. 🟨 "Dinamo" futbolchisi Marko Stanoevich katta tezlikda qochib ketayotgan Silvanus Nimelini qoidani buzgan holda toʻxtatib qoldi. Bosh hakam ushbu qoʻpollik uchun Stanoevichni sariq kartochka bilan jazoladi.

9'. ⚠️ Xavfli vaziyat! "Dinamo" futbolchilarining qisqa paslar orqali uyushtirgan hujumi xavfli tus oldi. Amadu Dumbuya jarima maydoniga yorib kirib, chap oyogʻi bilan darvozaga kuchli zarba yoʻlladi. "Qoʻqon-1912" posboni Rahimjon Davronov toʻpni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

8'. "Dinamo" himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan Egor Kondratyuk darvoza tomon zarba yoʻlladi. Biroq toʻp ustun yonidan oʻtib ketdi.

6'. "Dinamo"ning oʻng qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan soʻng Azizbek Amonov bosh bilan darvoza tomon zarba yoʻlladi. "Qoʻqon-1912" posboni Rahimjon Davronov toʻpni ishonch bilan egallab oldi.

3'. ⚠️ Xavfli vaziyat! "Qoʻqon-1912" hujumchisi Silvanus Nimeli jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yoʻlladi. "Dinamo" posboni Edem Nemanov oyogʻi bilan toʻpni qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

1'. ⏱ Bosh hakam Firdavs Norsafarovning hushtagi yangradi va "Qoʻqon-1912" – "Dinamo" uchrashuviga start berildi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring