Fidbol.net

Xila «Milan»ga o‘tish arafasida

Tahririyat 7
Xila «Milan»ga o‘tish arafasida

Ispaniyalik himoyachi Mario Xila yaqin vaqt ichida «Lasio»dan «Milan»ga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda insayderi Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining transfer qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. Ushbu summaning 15 million yevrosi Madridning «Real» klubiga tegishli bo‘ladi.

Mario«Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yil yozida «Lasio»ga o‘tganida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, madridliklar futbolchining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizini olish huquqini saqlab qolgan.

Xabar qilinishicha, Xila yaqin dam olish kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, «Milan» bilan rasmiy shartnoma imzolaydi.

Ispaniyalik himoyachining «Lasio» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring