Fidbol.net

Xansi Flik Reshford va Kanselu borasida bir to‘xtamga keldi

Tahririyat 9
Xansi Flik Reshford va Kanselu borasida bir to‘xtamga keldi

Vinger Markus Reshford va qanot himoyachisi Joau Kanselu «Barselona»da ijara asosida to‘p surishmoqda. Angliyalik va portugaliyalik futbolchilar o‘zlari tegishli bo‘lgan «Manchester Yunayted» hamda «Al-Hilol» klublariga qaytishni xohlashmayapti. Kataloniya klubi ham har ikki futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi, deb xabar bermoqda jurnalist Serxi Sole.

Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Markus va Joauning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan juda hayratda, shu sababli «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati ushbu futbolchilar bilan hamkorlikni davom ettirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Transfermarkt portali 28 yoshli Reshfordning transfer bahosini 40 million yevroga, 31 yoshli Kanseluning narxini esa 9 million yevroga baholagan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring