Fidbol.net

Messi Kabo-Verdega qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Tahririyat 3
Messi Kabo-Verdega qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Kabo-Verdega qarshi o‘tgan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

120 daqiqa davom etgan uchrashuvda Argentina 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Messi 29-daqiqada hisobni ochib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Ayni paytda 39 yoshli hujumchi 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U to‘rtta uchrashuvda 7 ta gol urdi. Shuningdek, Messi jahon chempionatlari tarixidagi gollari sonini 20 taga yetkazib, ushbu musobaqa rekordini yanada mustahkamladi.

Jahon chempionati-2026. 1/16 final

4 iyul

ArgentinaKabo-Verde3:2 (qo‘shimcha vaqtdan so‘ng)

Gollar: Messi, 29 (1:0), Deroy Duarte, 59 (1:1), Lisandro Martines, 92 (2:1), Sidni Lopesh Kabral, 103 (2:2), Kristian Romero, 111 (3:2).

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 1/8 finalda Misrga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring