Fidbol.net

JCH-2026. Kolumbiya Ganani mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

Tahririyat 4
JCH-2026. Kolumbiya Ganani mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finali doirasida Kolumbiya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. AQSHning Kanzas-Siti shahridagi «Errouxed» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda janubiy amerikaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Kolumbiya hujumchisi Jon Kordoba jarohat sabab maydonni tark etdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Jon Aryas aniq zarba yo‘llab, o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi.

Kolumbiya guruh bosqichida K guruhida 7 ochko to‘plab, birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan edi. Gana esa L guruhida 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Shu tariqa, Kolumbiya terma jamoasi JCH-2026 1/8 finaliga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda kolumbiyaliklar Shveysariya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Jahon chempionati-2026. 1/16 final

4 iyul

KolumbiyaGana1:0

Gol: Aryas, 14.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring