«Roma» Garnachoga qiziqish bildirmoqda
«Roma» klubi qanot hujumini kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Jurnalist Alfredo Pedullaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan vinger Alexandro Garnachoning xizmatlariga qiziqib qolishgan.
«Roma» rahbariyati futbolchi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni so‘rab ulgurdi, ular birinchi navbatda ijara variantini ko‘rib chiqishmoqda. Oxirgi bir oy ichida Garnachoga bir qator taniqli klublar, jumladan «Milan» va «Yuventus» ham qiziqish bildirgan edi.
Argentinalik futbolchi o‘tgan yozda taxminan 45 million yevro evaziga London klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0