"Vaziyat yana ikki yilga choʻzilishi mumkin". Futbol yuristi "Manchester Siti"ga qoʻyilayotgan 130ta ayblov haqida gapirdi
Eslatib oʻtamiz, Premer-liga "shaharliklar"ni 2009 yildan boshlangan toʻqqiz yil davomida moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblamoqda. Mazkur ish boʻyicha surishtiruvlar 2019 yilda boshlangan boʻlib, unda klubning moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirgani va tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani kabi jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. "Manchester Siti" rahbariyati esa bu ayblovlarni mutlaqo rad etib kelmoqda. Mahkama tinglovlari 2024 yilning sentyabr oyida boshlanib, 10 hafta davom etgan edi, biroq tomonlar haligacha yakuniy xulosani kutishmoqda.
"Menimcha, hozir hech kim aniq gapni bilmaydi. Men ushbu ish ustida ishlayotgan advokatlar bilan gaplashdim, hatto ular ham qaror qachon e'lon qilinishidan bexabar. Turli taxminlar ilgari surishni istardim, ammo bundan hech qanday mantiq yoʻq.
Xoʻsh, yakuniy natija qanday boʻladi? Mening fikrimcha, "Manchester Siti" baribir qaysidir qoidabuzarliklarda aybdor deb topiladi. Ayblovlar sonini inobatga olsak, ular suvdan quruq chiqib keta olishmasa kerak.
Biroq bu jarayon imkon qadar uzoq davom etadi. Menimcha, bizni hali appelyatsiya bosqichi kutmoqda va yana xuddi shu vaziyatga qaytamiz. Agar oradan yana ikki yil oʻtib ham yakuniy toʻxtamga kelinmasa, bundan hayratlanmagan boʻlardim", - dedi Myurrey "Price of Football" podkastida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0