Fidbol.net

"Real" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga oʻtishi mumkin

Tahririyat 4
"Real" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga oʻtishi mumkin

"Manchester Siti" va "Real" Eduardo Kamavinganing transferini muhokama qilmoqda.

Marca xabariga koʻra, Madrid klubi "shaharliklar"ga 23 yoshli yarim himoyachini sotib olishni taklif qilgan. Inglizlar futbolchini qoʻlga kiritish imkoniyatini oʻrganmoqda.

Ta'kidlanishicha, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Kamavinganing sotilishiga qarshi emas. U "Real" boshqa bir yarim himoyachi, shuningdek, markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashini istamoqda. Eduardoning soʻnggi mavsumlardagi oʻyini portugaliyalik mutaxassisni ishontira olmadi.

Oʻtgan mavsumda Kamavinga La Ligada 29 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring