Nafaqat "Manchester Siti", balki Mareskaning oʻzi ham "Chelsi"ga tovon puli toʻlaydi
"Oʻtgan yilning kuzida sobiq bosh murabbiyimiz mavsum yakunlanganidan keyin unda Pep Gvardiolaning oʻrnini egallash imkoniyati paydo boʻlishi mumkinligini klubga ma'lum qilgan edi. Bizga shu narsa ayon boʻldiki, u Gvardiolaning oʻrnini egallashni juda ham xohlagan va amalda uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan uzoq muddatli shartnomasi borligiga qaramay, ushbu imkoniyatdan foydalanishga toʻliq tayyor edi.
2025 yilning dekabr oyida bosh murabbiyimiz kutilmaganda va toʻsatdan iste'foga chiqish haqida ariza berdi. Albatta, biz bundan hafsalamiz pir boʻldi, chunki u "Chelsi"ga atigi bir yil oldin kelgan boʻlishiga qaramay, uning fikr-xayollari va tuygʻulari boshqa klub hamda boshqa imkoniyatga qaratilgan deb hisobladik.
Hech qaysi klub mavsum oʻrtasida bosh murabbiyni oʻzgartirishni istamaydi. Biroq, uning mavsum yakuniga qadar oʻz vazifalarini bajarishni davom ettirmaslik haqidagi qarorini inobatga olgan holda, klubning oʻz futbolchilarimiz, muxlislarimiz va logotipimizni himoya qilish hamda uning iste'fosini qabul qilishdan oʻzga chorasi qolmadi.
Yuzaga kelgan vaziyatda va klublar oʻrtasidagi oʻzaro hurmatni hisobga olgan holda, "Manchester Siti" bilan tovon puli toʻlanishini oʻz ichiga olgan maxfiy kelishuvga erishildi. Shuningdek, sobiq bosh murabbiy bilan ham maxfiy kelishuvga erishildi, unga koʻra u ham tovon puli toʻlaydi", - deyiladi "koʻklar" matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0