APL klubining € 100 mlnlik hujumchisi PSJga oʻtishni maqsad qilgan
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda "Transfer News Live" xabar bermoqda.
Futbolchining taxminiy narxi € 100 mlnni tashkil etadi, bu esa ayni damda PSJning qiziqishini kamaytirmoqda. Biroq, agar "oluchalar" soʻralayotgan narxni tushirishsa, vaziyat oʻzgarishi mumkin.
Bundan oldin forvardga "Arsenal", "Manchester Siti" tomonidan qiziqish borligi xabar qilingandi. Aprel oyida esa Myunxenning "Bavariya" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirgan.
Yakunlangan mavsumda Eli Krupi "Bornmut" tarkibida 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Uning bozor qiymati "Transfermarkt" ma'lumotlariga koʻra, € 70 mlnni tashkil etadi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0