Van Deyk: "APLdagi istalgan raqibga qarshi o‘yin qiyin kechadi"
«Liverpul» sardori Virjil van Deyk jamoaning hozirgi holatini baholadi va APL 5-turidan o‘rin olgan «Bornmut»ga qarshi bahs oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu bellashuv «Bornmut» maydonida bo‘lib o‘tmoqda va hozirda hisob 0:0 ko‘rinishida.
«Biz hali ham shakllanish va rivojlanish jarayonidamiz. Mag‘lubiyatga uchramayapmiz, ammo mavsum startidan unchalik mamnun emasmiz. O‘sishda davom etyapmiz va ijobiy alomatlar ko‘zga tashlanmoqda. Yanada yaxshilanib, oldinga harakat qilishimiz kerak; bugungi o‘yin biz uchun yaxshi sinovdir. Namoyish etayotgan o‘yinimizda yaxshi jihatlar bor. «Bornmut»ga qarshi o‘ynash doimo murakkab bo‘lgan. Jang qiyin kechadi, ammo APLda oson o‘yinning o‘zi yo‘q.
Andoni Iraola «Bornmut» haqida juda ko‘p narsani biladi, lekin bizda ham ajoyib analitiklar bor! Uning bu yerga qaytishi o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi», — deb keltiradi van Deykning so‘zlarini Sky Sports.
Andoni Iraola 2023 yilning yozidan 2026 yil may oyiga qadar «Bornmut» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Iyun oyida esa mutaxassis «Liverpul» boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi
Manba: stadion.uz
Izohlar 0