Van Bommel Garsiya ketganidan soʻng Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Tahririyat
•
•
7
Nieuwsblad xabariga koʻra, van Bommel belgiyaliklar sport direktori Vinsent Mannart tomonidan taklif etilgan nomzodlarning qisqa roʻyxatiga kiritilgan. Ta'kidlanishicha, RBFA allaqachon niderlandiyalik mutaxassis bilan bogʻlangan. Bundan tashqari, van Bommel Domeniko Tedesko ishdan boʻshatilganidan soʻng Belgiyani boshqarishi mumkin edi, biroq futbol assotsiatsiyasi Garsiyani tanlagandi.
Niderlandiyaning Telegraaf nashri ma'lumotlariga koʻra, ayni damda van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod hisoblanadi. Uning murabbiylik faoliyatidagi soʻnggi klub 2022 yildan 2024 yilgacha boshqargan "Antverpen" boʻlgan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0