Fidbol.net

Evropa klublari maoshlar limiti va agentlar toʻlovlarini cheklashni muhokama qilmoqda

Tahririyat 8
Evropa klublari maoshlar limiti va agentlar toʻlovlarini cheklashni muhokama qilmoqda

Ushbu masala uch hafta oldin Monakoda oʻtkazilgan Evropa futbol klublari (EFC, sobiq ECA) kengashi yigʻilishida muhokama qilingan. Ayrim klublar yuristlarga mumkin boʻlgan cheklov variantlarini oʻrganib chiqishni taklif etgan, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilingani yoʻq. EFC agentlik toʻlovlarini cheklash boʻyicha Evropa sudining qarorini kutmoqda.

Transfer xarajatlari, maoshlar va agentlik komissiyalarining muttasil oshishi klublarni chiqimlarni jilovlash yoʻllarini izlashga majbur qilmoqda.

“Pullarning katta qismi futbolchilar va agentlarga ketmoqda, bu summalar esa oʻsishda davom etyapti. Oqibatda muxlislar — qimmatroq chiptalar, TV-obunalar va klub liboslarini sotib olishga majbur boʻlishadi”, — deydi manba.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring