Niderlandiya terma jamoasi Xavi bilan muzokaralar olib bordi va Gvardiolani ham koʻrib chiqdi
Roberto Martines Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi (KNVB) milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidagi ish haqida gaplashgan yagona ispaniyalik emas, deb yozadi De Telegraaf. Avvalroq KNVB rahbariyati Peter Bos, Arne Slot va boshqa nomzodlar bilan kelisha olmagach, Portugaliya va Belgiya milliy jamoalarining sobiq murabbiyi bilan bogʻlangani ma'lum boʻlgan edi. Xabar qilinishicha, muzokaralar shuningdek "Barselona"ning sobiq murabbiyi Xavi bilan ham olib borilgan. Hozircha Xavi terma jamoaning yangi murabbiyi boʻladimi yoki yoʻqmi, noma'lum, biroq Ronald Kumanning oʻrnini bosuvchi shaxs borasidagi qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi ta'kidlanmoqda. Qayd etilishicha, terma jamoadagi lavozimga nomzodlar sifatida Erik ten Xag, Pep Gvardiola va Mikael Raytsiger ham tilga olingan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0