Messi Paulo Dibalani Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv oʻyiniga taklif etdi
Shu bilan birga, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni futbolchini boʻlajak yigʻin tarkibiga kiritmagan.
Messining xayrlashuv oʻyini 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi "Monumental" stadionida boʻlib oʻtadi: Argentina terma jamoasi Benin terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu oʻyin forvard uchun milliy terma jamoa libosidagi oxirgisi boʻladi. Bahsga 2022 yilgi Jahon chempionati gʻoliblari taklif etilgan.
Dibalaning oʻyindagi ishtiroki borasida muayyan qiyinchiliklar mavjud: "Roma" bosh murabbiyi Djan Pero Gasperini ikkita qit'alararo parvoz bilan bogʻliq katta yuklama sababli futbolchini qoʻyib yuborishni istamayapti. Argentinadagi oʻyindan atigi besh kun oʻtib, 11 oktyabr kuni "Roma" 2026/2027 yilgi mavsum Seriya Asining 6-turi doirasida "Komo"ga qarshi safar uchrashuvini oʻtkazadi.
Paulo Dibala hisobida Argentina terma jamoasi tarkibida qoʻlga kiritilgan 2022 yilgi Jahon chempionati oltin medali va 2022 yilgi Finalissimadagi gʻalaba bor. Klub darajasida esa "Yuventus" sharafini himoya qilib, futbolchi besh marta Italiya chempioni boʻlgan, toʻrt marta mamlakat kubogini va ikki marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0