Fidbol.net

FairSquare FIFAni mart oyidagi saylovlarga Infantinoni qoʻymaslikka chaqirdi

Tahririyat 4
FairSquare FIFAni mart oyidagi saylovlarga Infantinoni qoʻymaslikka chaqirdi

The Athletic xabariga koʻra, FairSquare nodavlat huquqni muhofaza qilish tashkiloti FIFAning boshqaruv, audit va normativ talablarga rioya etish qoʻmitasiga maktub yoʻllab, Infantinoni 2027 yil mart oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini qoʻyish huquqidan mahrum qilishni soʻradi. Chunki amaaldagi muddat shveytsariyalik amaldor uchun prezidentlik lavozimidagi uchinchi muddat hisoblanadi – reglamentga koʻra, FIFA rahbarining vakolat muddati uch muddat bilan cheklangan.

Shu bilan birga, 2022 yilda qoʻmita Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari sifatidagi Infantinoning birinchi muddati hisobga olinmasligi haqida qaror qabul qilgan edi, chunki u Yozef Blatterning muddatidan oldin toʻxtatilgan boshqaruv davrini yakunlab qoʻyayotgan edi.

"Biz sizga janob Infantino oʻzning uchinchi va soʻnggi muddatini oʻtayotganligi sababli uni FIFA prezidenti lavozimiga nomzodini qoʻyish huquqidan mahrum qilishni soʻrab murojaat qilamiz. Boshqaruv, audit va normativ talablarga rioya etish qoʻmitasining uning birinchi vakolat muddatini bekor qilish haqidagi oldingi qarori FIFAning prezidentlik muddatini cheklash qonuni mazmuni va maqsadini yaqqol buzadi.

Na nizom, na FIFA boshqaruv qoidalari prezidentlik muddati toʻrt yilgacha davom etmagan taqdirda uni hisobga olmaslik mumkinligini nazarda tutmaydi.

Nizomda hech qanday farqlashlarsiz "hech bir shaxs prezident lavozimini uch muddatdan ortiq egallashi mumkin emas" deb ochiqdan-ochiq yozilgan. Bu qoidaning mazmuni aniq va toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan vakolat muddatiga yoki saylovlar boʻlib oʻtgan kongress turiga – navbatdagi yoki navbatdan tashqari ekanligiga asoslangan hech qanday istisnolarni nazarda tutmaydi. Lavozimda boʻlgan ilk uch yilni hisobga olmaydigan talqin shuningdek bu qoidaning ruhi va maqsadiga ham zid kelardi", – deyiladi maktub matnida.

Bundan tashqari, FairSquare Infantino keyingi muddat tugaguniga qadar navbatdan tashqari saylovlarni tayinlash orqali oʻz vakolatlarini uzaytirish uchun yana shunday talqindan foydalanishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida tashkilot FIFA etika qoʻmitasiga Infantinoning Donald Tramp bilan aloqalari va AQSh prezidentiga FIFA Tinchlik mukofoti topshirilgani sababli siyosiy betaraflik buzilganligi yuzasidan shikoyat qilgan edi. Keyinchalik bu shikoyatni Norvegiya futbol assotsiatsiyasi qoʻllab-quvvatladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring