Fidbol.net

Messi otasining oʻlimi haqida: bunga ishona olmayman va istamayman

Tahririyat 2
Messi otasining oʻlimi haqida: bunga ishona olmayman va istamayman

Xorxe Messi oʻtgan juma kuni uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 68 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

"Dada, men hamon sizning yoʻqligingizga ishona olmayman. Bunga ishona olmayman, aniqrogʻi – istamayman. Sizni endi koʻrmasligimizni, boshqa hech qachon gaplashmasligimizni tasavvur qilish men uchun juda ogʻir. Bilaman, siz qiynaldingiz va bu yaxshilikka, ammo siz juda erta ketdingiz. Oldimizda birgalikda zavqlanishimiz mumkin boʻlgan hali koʻp narsalar bor edi.

Siz soʻnggi jahon chempionatida oʻynashimni juda qattiq soʻragandingiz, uning boshlanishiga bir necha kun qolganida esa ahvolingiz yomonlashgandi. Bu siz yonimda boʻlmagan ilk turnirim edi. Ammo oyim sizning ahvoling yaxshilanishini va kela olishingizni aytgandi. Sizni kelishingiz uchun finalgacha etib borishimizni aytgandim.

Har safar oʻyindan soʻng sizning xabaringizni kutardim va juda sogʻinadigandim. Oʻshanda ishlar chindan ham chatoq ekanini tushunib etdim. Ammo nima boʻlganda ham, imkon boricha uzoqroqqa borish, sizga hech boʻlmasa bitta oʻyinni koʻrish imkoniyatini berish haqida oʻylashni davom ettirdim. Biz finalgacha etib bordik, lekin siz baribir kela olmadingiz. Gʻalabani olib kelib, sizga yana bir mukofotni koʻrsatish uchun yutmoqchi edim. Lekin uddalay olmadim – oyoqlarim allaqachon itoat qilmay qolgan edi. Bu safar jismoniy holatimga qarshi borishga harakat qildim, ammo natija chiqmadi. Oʻzimni hech qachon normal his qila olmadim.

Kelganimda, siz finalda penaltilar seriyasida yutqazdik deb oʻylagandingiz. Biz sodir boʻlgan hamma narsa haqida gaplashib ulgurmadik. Siz hech narsadan xursand boʻla olmadingiz. Biz chempion boʻla olmadik, lekin har bir oʻyindan qanchalik xursand boʻlganimizni tasavvur ham qila olmaysiz. Va yana bir bor siz haq boʻlib chiqdingiz – men oʻsha erda boʻlib, oʻynashim kerak edi. Bularning barini sizga aytyapman, chunki bu biz gaplashib ulgurmagan yagona narsa. Qolgan hamma narsani oʻzingiz allaqachon bilasiz. Har kuni gaplashardik va imkoniyatlarim yoʻl qoʻyganda koʻrishardik.

Men sizsiz nima qilishimni bilmayman, bundan keyin qanday yashashni bilmayman. Butun hayotim davomida shunchaki futbol oʻynadim, endi esa buni davom ettiramanmi yoki yoʻqmi va qancha davom etishiga shubha bilan qarayapman. Siz boshidan beri yonimda edingiz va oxiriga juda oz qolgandi. Nima uchun bu yoʻlni birgalikda yakunlashimiz uchun yana biroz chidamadingiz?

Bilaman, oilangizning – xotiningizning, farzandlaringizning va ayniqsa – faqat boshqalar buni bilib qolmasligi uchun – futbol oʻynayotganimni koʻrishdan baxtli edingiz... Bolaligimdan shunday edi. Ishdan qaytiboq meni mashgʻulotlarga olib borardingiz. Koʻplab mashgʻulotlarga meni oyim olib borardi, chunki siz ishda boʻlardingiz. Lekin oʻyinlarimni, albatta, hech qachon oʻtkazib yubormasdingiz. Mening oʻyinimni koʻrib shunchalik hayajonlanardingiz va shunchalik xursand boʻlardingiz, garchi maqtovlarda unchalik saxiy boʻlmasangiz ham.

Siz men uchun ota, doʻst va agent edingiz. Har qanday vaqtda ham siz aynan kim boʻlishingiz kerak boʻlsa, oʻsha boʻlgansiz va hech qachon yanglishmagansiz. Ayrim e'tirozlar va kelishmovchiliklarga qaramay, oxir-oqibat hamisha siz haq boʻlib chiqardingiz. Hammasi xuddi siz aytganingizdek boʻlardi.

Sizni juda sogʻinaman, lekin siz hech qachon yonimdan ketmaysiz. Ayniqsa, farzandlarimni qanday tarbiyalayotganimda, chunki men ularni xuddi siz meni tarbiyalaganingizdek oʻrgataman va tarbiyalayman. Oxiratingiz obod boʻlsin va bu erda qilganingiz kabi bizni yuqoridan qoʻriqlang. Hammasi uchun rahmat. Siz yaxshi koʻraman, dada ❤️", – deb yozdi Messi Instagramda.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring