Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqiruv olgani haqida: "Har kuni bu erda boʻlishga loyiqligimni isbotlayapman”
— Kutilayotgan narsalar doimo bir xil — gʻalabalar. Yangi murabbiy bilan kayfiyat ham boshqacha. Fursatdan foydalanib, Portugaliyaga yordam berish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilgan Martinesga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ammo hozir Jorje Jezush davri keldi va hammasi yaxshi boʻlishiga ishonaman. Ertaga hamma narsa yaxshi boshlanishiga ishonchimiz komil.
— Hujumkorroq futbol boʻladimi?
— Eng muhimi — gʻalaba qozonish. Men Jorje Jezush bilan avval ham ishlaganman va futbol hujumkorroq boʻlishini bilaman, ammo eng muhimi — gʻalaba.
— Bu sizning oxirgi yilingizmi?
— Men bunchalik uzoqqa qaramayman. Hozirgi fursat haqida oʻylayapman. Men bu erdaman, federatsiya menga suyanmoqda... Bu oxirgi yil boʻladimi? Ehtimol, organizmimda qanday hissiyotlar boʻlishiga qaraymiz. Men chin dildan aytyapman, rostini aytsam, bilmayman.
— Hozir yana xuddi birinchi yildagidek tuyulyaptimi?
— Ha, va men bu erda boʻlishga loyiqligimni isbotlashda davom etyapman. Men har kuni isbot keltiryapman hamda klubda ham, terma jamoada ham hali ham gol ura olayotganimni koʻrsatyapman.
Yaxshi start olish uchun bizga barcha futbolchilar kerak boʻladi", — dedi 41 yoshli forvard Sport TV efirida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0