Unai Simon JCH finallarida o‘z darvozasini "quruq" saqlab qolgan tarixdagi 8-darvozabonga aylandi
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon JCH-2026 finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (1:0, q.v.).
U turnir tarixida jahon chempionati final o‘yinida gol o‘tkazib yubormagan 8-darvozabonga aylandi.
Avval bu ro‘yxatga quyidagilar kirgan:
1990 – Bodo Illgner (Germaniya / FRG) – Argentinaga qarshi 1:0;
1994 – Klaudio Taffarel (Braziliya) va Djanluka Palyuka (Italiya). Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlangan, brazilisiyaliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan (3:2);
1998 – Fabyen Bartez (Fransiya) – Braziliyaga qarshi 3:0;
2002 – Markos (Braziliya) – Germavniyaga qarshi 2:0;
2010 – Iker Kasilyas (Ispaniya) – Niderlandiyaga qarshi 1:0;
2014 – Manuel Noyer (Germaniya) – Argentinaga qarshi 1:0;
Manba: stadion.uz
Izohlar 0