Fidbol.net

Ukraina terma jamoasini italiyalik murabbiy qabul qilishi mumkin

Tahririyat 13
Ukraina terma jamoasini italiyalik murabbiy qabul qilishi mumkin

Italiyalik mutaxassis Andrea Maldera Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, kelishuvni rasmiylashtirish jarayoni oxirgi bosqichga yetib borgan. Maldera avval terma jamoa shtabida texnik rivojlanish bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u «Milan»da o'yinlar tahlilchisi va yoshlar jamoasi murabbiyi, «Brayton» hamda 2026-yilning fevralida tark etgan «Marsel» klublarida yordamchi murabbiy lavozimlarida ishlagan.

Ukraina terma jamoasi o'tish o'yinlarida Shvesiyaga imkoniyatni boy berib, Jahon chempionati yo'llanmasidan mahrum bo'lgan edi. So'nggi 3 yil davomida jamoani Sergey Rebrov boshqarib kelayotgan edi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring